№7. Росулимни бир бора тушимда кўрсам

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Shukur, Allohning rahmati cheksiz,
Uyqu degan ne’mati buyuk.
Uyqudaham orzu mujassam,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Nogoh kelsa tushimda yoqlab,
Orzuyim bor qo`llarin òpsam.
Muhabbatim qayrab olardim,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Qalqib tursa yoruģ nurlari,
Nurli yuzin kòrolmasamchi.
Maylida nuriga qorishib ketsam,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Jilmayib jonimga shafoat sòrasam,
Amallarim xolatin sòrab qolsachi.
Aytolmay uyatdan yer qarab tursam,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Amallardan uyalib uzurim aytib,
Yalinib yolvorib duosin olsam.
Shodlikdan muborak qòllarin òpib,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Qaniydi amalimni savoblik qilsam,
Sunnatni qalbimga singdira olsam.
Xulqidan bir tomchi òxshata olsam,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Bu tushimni dunyoga alishmam sira,
dunyo lazzatlari bu tushdan xira.
Uyģonib hammaga maqtanib yursam,
Rosulimni birbora tushimda kòrsam.

Юсуфжон

Print Friendly, PDF & Email

Яна бўлимга тегишли...