№33. Шафоат, ё Расулуллоҳ!

Ko’p muhtojman, senga keldim
Shafoat, yo Rasululloh!
Qabohatim borin bildim,
Shafoat, yo Rasululloh!
Gunohkorman, yuzim qora,
Qo’rqaman otarlar norga,
Magar sendan bo’lar chora,
Shafoat, yo Rasululloh!
Sevging har nedan avlodir,
Ilming hammadan a’lodir,
Seni madh etgan Mavlodir,
Shafoat, yo Rasululloh!
Seni qanday maqtar inson,
Faqat sendan bo’lsa ehson,
Ko’mak ayla bizga omon,
Shafoat, yo Rasululloh!
Sensiz menga dunyo zindon,
Ishim chatoq, holim yomon,
Magar sendan bo’lar darmon,
Shafoat, yo Rasululloh!
Yog’du sochding, bor jahonga,
Salot, salom bo’lsin senga,
O’lik, tirik musulmonga,
Shafoat, yo Rasululloh!
Albatta ko’pdir isyonim,
Ham ojizlik, ham nuqsonim,
Lekin to’g’ridir iymonim,
Shafoat, yo Rasululloh!
Jahannam qaynab toshar,
Bilmam ne kelar boshga,
Jihod etgan qavm-qardoshga,
Shafoat, yo Rasululloh!
Ko’zlarimni to’sdi parda,
Davodirsan hamma dardga,
Mo’min bo’lgan har bir fardga,
Shafoat, yo Rasululloh!
Dinimizni yoyganlarga,
Sunnatinga kirganlarga,
Yo’linga bosh qo’yganlarga,
Shafoat, yo Rasululloh!
Ummatingni haqiriga,
Shokiriga, zokiriga,
Badavlatu, faqiriga,
Shafoat, yo Rasululloh!

Maryam Osiyo o’girdi


Marhabo!
Ey anbiyoning sarvari,
Ey avliyoning rahbari,
Olamlarning payg’ambari,
Xush keldingiz marhabo!
Siz jonlarning jonisiz,
Ko’ngillarning farmonisiz,
Ikki jahon sultonisiz,
Xush keldingiz marhabo!
Darvesh Yunus aytar so’zi,
Dargohiga surar yuzi,
Kutarlar mahsharda bizni,
Xush keldingiz marhabo!

Yunus Emro

Turkchadan, Maryam Osiyo

Print Friendly, PDF & Email

Яна бўлимга тегишли...