№2. Росулимга мактуб ёзаман

Rosulimga maktub yozaman,
Allohimdan salomlar aytib.
Muhabbatim ģayrati jòshib,
Rosulimga maktub yozaman.

Eslab òtaman xos ummatlarin,
Sunnatlarini tiriltirganlar.
Siyratini òrgatib ketgan,
As`hoblarin maqtab yozaman.

Sunnatiyu siyratin òqib òrgandik
Saodat asrini sòzlab yozaman.
Sunnat ilmini kitobga bitgan,
Buxoriyu Termiziyni eslab yozaman.

Davom yozaman qalbda iztirob,
Sunnatni mahkam tutolmay qoldik.
Bid’atlar yòlida yuribmiz xamon,
Shunga uzurlar sòrab yozaman.

Alamdan yiģlab kòzlarim yoshlab,
Och gòdaklar holin sòzlab yozaman.
Islomni qora niqobga òrab olganlar,
Nodonlarga duolar sòrab yozaman.

Òzidan meros vatanga muhabbat,
Yurtimga duolar sòrab yozaman.
Òzbegimga jannatlar shafoatin sòrab,
Rosulimga maktub yozaman.

Yusufjon Nurmatjon o`g`li

Print Friendly, PDF & Email

Яна бўлимга тегишли...