№18. Ўн саккизта водий ҳақида қисқача маълумот

1. Muhassir vodiysi-Shu vodiyda Abrahani fili cho’kkalab,Makka tomon yurishdan bosh tortgan.
2. Muhassab vodiysi-Shu vodiyda mushriklar tomonidan zulm va zo’ravonlik bitimi tuzilgan.
3. Naxla vodiysi-Nabiy s.a.v shu vodiydaligida Alloh bir guruh jinlarni yuborgan.
4. Safavon vodiysi-Safavon g’azoti.Birinchi Badr g’azoti shu vodiyda bo’lgan.
5. Ruhqon vodiysi-Katta Badrda Nabiy s.a.v shu vodiydan o’tgan.
6. Batni vodiysi-Abu Sufyonni buyrug’i bilan Zom Zom ibn Amr al G’iforiy shu vodiyda Qurayshni ogohlantirishi.
7. Usfon vodiysi-Badrda shu vodiydan o’tilgan.
8. Badr vodiysi-Badr jangi.
9. Zafiron vodiysi-Nabiy s.a.v shu vodiyda ekanida mushriklar karvoni qutulib ketgan.
10. Aqiq vodiysi-Uhud jangida mushriklar shu vodiy atrofiga lashkargoh qurgan.
11. Qanot vodiysi-Uhudda 50 kishilik kamonchilar guruhi shu vodiy shimolida edi.
12. Buthon vodiysi-Handaq jangida,shu vodiyda Nabiy s.a.v va boshqalar asrni kun botgandan keyin o’qishdi.
13. Batn G’uron vodiysi-Banu lahyon g’azotida Nabiy s.a.v shu vodiyda bo’lgan.
14. Quro vodiysi-Zayd ibn Horisa r.a boshchiligidagi sariya shu vodiyga yuborilgan.
15. Raji’ vodiysi-Xaybar sari yo’lda Nabiy s.a.v to’xtagan vodiy.
16. Fotima vodiysi-Makka fathida Nabiy s.a.v shu vodiyda to’xtagan.
17. Avtos vodiysi-Hunaynda musulmonlar dushmanlari tushgan vodiy.
18. Hunayn vodiysi-Hunayn g’azoti shu vodiyda yoki atrofida bo’lgan.

Ma’lumotlar «Rohiyq al Maxtum»kitobidan olindi.

Иброхим Роҳидин

Print Friendly, PDF & Email

Яна бўлимга тегишли...